Biz haqimizda

    Personal Development Process dasturlash va chet tillarini o’rgatish o’quv kurslari akademiyasi 2017 – yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo’lib, qisqa vaqt ichida talabalarning ishonchini qozondi. PDP akademiyasi o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yganligi, o’z sohasining tajribali mutaxassislarini jamlaganligi sababli rivojlanishda davom etmoqda.

    O’zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayapdi. Bugungi kunga kelib iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini rivojlanish darajasi kundalik hayotda internet, axborot texnologiyalari va innovatsiyalardan qanchalik unumli foydalanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.

Hozir kunda katta mablag’lar hisobiga davlat organlari axborot tizimlari avtomatlashtirilmoqda. Buning natijasida xalqimizning uzog’i yaqin, og’iri engil bo’lib, muammo va yumushlari tez hal etilmoqda. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun ham ko’plab qulayliklar yaratilib, tahliliy hisobotlarni tuzish osonlashib, aholiga xizmat ko’rsatish sifati va mehnat unumdorligi oshib bormoqda. O’z o’rnida bu tizimlarni avtomatlashtirish va yanada takomillashtirish uchun yuqori darajali dasturchilarga katta ehtiyoj sezilayapdi. Algoritmga asos solingan yurtimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. Ilm olishga, jahondagi texnologik yangiliklarni o’rganishga ishtiyoqi baland yoshlar juda ko’p. Bunday istiqbolli yoshlarga axborot texnologiyalari va ushbu sohadagi yangiliklarni o’rgatish, bugungi internet taraqqiyotini, zamonaviy kashfiyotlarning yaratilish, ishlab chiqarilish asoslarini o’rgatish dolzarb masaladir.

Bu orqali yurtimizda yuzaga kelgan va kundan kunga talab oshib borayotgan dasturlash sohasiga kadrlar etkazib berish mumkin bo’ladi. O’zbekiston milliy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’nalishining rivojlanishida milliy dasturchilar muhim rol o’ynaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib PDP akademiyasi o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’ygan:

– yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash;

– davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik tashkilotlari uchun dasturchilar tayyorlab berish, ularning malakasini oshirish;

– dasturlash texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan mahoratli dasturchilarni tashkilotlarga ishga qabul qilish uchun tavsiya qilish;

– PDP o’quv kurslarini yaxshi tamomlagan, iste’dodli dasturchilarni PDP akademiyasi dasturchilar jamoasiga taklif qilish va loyihalarda tajribasini oshirish.

– Dasturlash texnologiyalari va tillari asosida turli loyihalarni amalga oshirish, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish.

– O’zbekiston mustaqil dasturchilar – frilanserlar (freelancer) tarmog’ini shakllanishiga hissa qo’shish, dasturchilar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali jamoaviy ishlashni rivojlantirish. Xalqaro miqyosda mustaqil ishlovchi dasturchilar – frilanserlar tarmog’ida ham o’zbekistonlik dasturchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Vaholanki, yurtimiz yoshlarining aqliy salohiyati yuqori darajada. Agarda frilanserlar tarmog’ida dasturchilarimiz ko’pchilikni tashkil qilsa, bu dasturchilarimizga ham, davlatimizga ham katta foyda keltirgan bo’lar edi.

– Ingliz tilini o’rgatish. Ingliz tili mukammal bilgan va xalqaro daraja ishlash salohiyotiga ega bo’lgan dasturchilarni tayyorlash. PDP akademiyasida bugungi kunga kelib quyidagi texnologiyalarni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etilgan:

– Web Full stack Development

– Graphic Design

– Linux Administration

– English

– Mobile Development

Hozirda 100 dan ortiq talabalar o’quv kurslarimizda dasturlash sirlarini o’rganishmoqda.

PDP akademiyasida darslar qulay va shinam xonalarda interfaol usulda, amaliy mashg’ulotlar bilan o’zbek tilida olib boriladi.

PDP akademiyasida darslar yoshi, ta’lim darajasi, ma’lumotidan qatiy nazar talabalar o’rtasida do’stona va o’zaro yordam asosiga qurilgandir. Bilganlarini o’rtoqlashish, savollar va masalalarga birgalikda javob topish ta’lim olish uchun erkin va yaxshi muhitni yaratadi. Bizning safga qo’shiling va dasturlashni o’rganib hayotingizgi taraqqiyot sari o’zgartiring. O’z aqliy salohiyatingizdan samarali foydalanib axborot asrining quruvchisi, boshqaruvchi bo’ling. Dasturlash bu fikrlash demakdir. Dasturlash inson hayotini engillashtirish, jamiyat va davlatni rivojlantirish, umuman hayotni mazmunli va zavqli qilish deganidir