Frontend development

Kurs haqida

Dasturlashga kirish uchun boshlang'ich bilimlar beriladi. Dasturlash logikasi va algoritmlari tushuntiriladi. Web dasturlash asoslari hisoblangan Html, Css o'rgatiladi. Yuqori darajali frontend-developerga zarur bo'lgan frameworklar, texnologiyalar va tillar o'rganasiz. Hozirda eng ommabop bo'lgan Bootstrap Framework, Jquery, Jquery UI bo'yicha bilimlarni olasiz.

3 oy mobaynida

Haftasiga 3 marta

400 000 so'm / 1 oy

Nimalarni o'rganamiz

HTML and CSS

6 kun 15 soat

Web sahifa asosini tashkil qiluvchi texnologiyalar bo'lib, ular yordamida web sayt quriladi. HTML qurilayotgan web saytning ustun va asosiy qismi bo'lsa CSS web saytning bezagidir. HTML bizga web sayt elementlarini joylashuvini bersa, CSS ularni qanday joylashishi kerak ekanligini aniqlab beradi. HTML va CSS texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham frontend texnologiyasini o'rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi.

Module 1

Module 2

HTML5 and CSS3

6 kun 15 soat

Bu modulda Siz HTML va Css texnologiyalarining oxirgi standartlari hisoblangan HTML5 va Css3 larni o'zlashtirasiz. Yangi semantic teglar, form elementlari, grafik elementlar, multimedia elementlari bilan ishlashni o'rganasiz. Css3 orqali yangi rivojlangan element xususiyatlari qo'llay olasiz.

Less va Sass

6 kun 15 soat

Less va Sass texnologiyalari CSS texnologiyasi asosida yaratilgan bo'lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo'shimcha imkonyatlarni yaratib beradi. Less va Sass texnologiyalari asosida CSS stillarini juda oson yaratishimiz mumkin.

Module 3

Module 4

Twitter Bootstrap and Materilize CSS

6 kun 15 soat

Bu texnologiyalar frontend frameworklar bo'lib, u stillar va klasslar kutubxonasidir. Bu frameworklar yordamida siz CSS bo'yicha stillar, klasslar bo'yicha savollaringizga nuqta qo'yib, frameworkda mavjud klasslarini o'z o'rnida ishlatsangiz kifoya. Twitter Bootstrap flat dizaynga asoslangan bo'lsa, Materilize CSS material dizaynga asoslangan. Bularning har ikkalasini bilish frontend developer uchun juda muhimdir..

JavaScript and jQuery, jQuery Plugins

6 kun 15 soat

Javascript yuqorida aytib o'tilgan texnologiyalardan tashqari frontend texnologiyasining ajralmas qismidir. JavaScript bu frontendning dasturlash tili bo'lib, unda HTML va CSS elementlari ustida manipulyatsiyalar amalga oshiriladi. jQuery - HTML va CSS elementlarini web sayt holatiga qarab o'zgartirish, ular ustida turli ammalar bajarish uchun xizmat qiladigan Javascript kutubxonasi hisoblanadi. Bundan tashqari HTML va CSS texnologiyalari yordamida amalga oshirib bo'lmaydigan shunday operatsiyalar borki bu operatsiyalar JavaScript va jQuery yordamida amalga oshiriladi.

Module 5