Bizdagi mavjud kurslar Sizni texnologiyalarni to'liq hajmda, yuqori darajada o'zlashtirishingizga mo'ljallangan.
Dasturlashga kirish uchun boshlang'ich bilimlar beriladi. Dasturlash logikasi va algoritmlari tushuntiriladi. Web dasturlash asoslari hisoblangan Html, Css o'rgatiladi. Yuqori darajali frontend-developerga zarur bo'lgan frameworklar, texnologiyalar va tillar o'rganasiz. Hozirda eng ommabop bo'lgan Bootstrap Framework, Jquery, Jquery UI bo'yicha bilimlarni olasiz.
Dunyodagi dasturchilar eng ko'p foydalanadigan Java tili asoslarini o'rgatiladi. Java tili va texnologiyalaridan mukammal bilimga ega bo'lasiz. Ma'lumolar bazasi tili va texnologiyalarini o'zlashtirasiz. Java Back-end developer uchun eng kerakli bo'lgan Spring Frameworkini o'rganasiz. Spring MVC, Java JSP, Java JPA, Java Servlet va boshqa murakkab texnologiyalarni o'zlashtirasiz.
Android studio bilan ishlash mahoratiga ega bo’lasiz. Bunda sizga quyidagi bilimlar beriladi: Standard components, activities, listview, dialogs, animations, notifications, menus, adaptive, database, rest api, service, fragment, thread, widget, multitouch, location, orientation, broadcast.
Bootcamp bu - chuqur va intensiv taʻlim boʻlib, unda asosiy eʻtibor aniq bir yoʻnalishga qaratiladi hamda shu yoʻnalishga aloqador boʻlmagan boshqa qoʻshimcha narsalarga chalgʻimasdan ilm olishga harakat qilinadi.
Darslar o'zbek tilida sifatli,tushunarli va aniq inglizcha terminlar orqali olib boriladi.
Infografika, prezentatsiya va rasm qo'llanmalar orqali tushuntirish.
Tushunmagan darslarni darsdan tashqari onlayn tushuntirib berish.
Til va texnologiyalar amaliyot bilan o'zlashtiriladi.
Kurs o'rganuvchilariga individual yondashiladi.
Modullarni yaxshi o'zlashtirgan o'rganuvchilarni qo'shimcha proyektlarga jalb qilish.
Bizning websaytimizda beriladigan maqolalarni kuzatib boring.
Bu yil oʻqishga kirolmadingiz. Xoʻsh endigi rejalaringiz qanday? Yana abituryentlik, yana 1 yil repetitorga qatnash, pul xarajat qilib yana oʻqishga tayyorlanishmi yoki mutaxassislik talab qilmaydigan ishga kirishmi, balki xorijga ishlash yoki oʻqishga ketish niyati paydo boʻlgandir? Nima boʻlganda ham har tomonlama chuqur oʻylab bir qarorga keling. Shunday murakkab vaziyatda,qaror qabul qilishda qiynalayotgan yoshlarga bizning doʻstona maslahatimiz - DASTURLASHni oʻrganing!
Forbes nashrining ma'lumot berishicha, jahon mehnat bozorida axborot texnologiyalari sohasi mutaxasislariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Jumladan, bu yo'nalishdagi loyiha menejerlariga bugun yiliga $121,000 dollargacha mablag' to'lanmoqda. Dasturiy ta'minot injeneri $109,000 dollargacha mablag' ishlab topmoqda.
Dars jarayonlaridan va bizda tashkillashtirilgan turli xil tadbirlardan lavhalar.